Isroil xalqining paymonasi to‘ldi

Опубликовано: 02 Сентябрь 2024
на канале: Amerika Ovozi
5,285
181

Tel-Avivda XAMASga qarshi urushni to'xtatish va garovdagilarni ozod etish talabi bilan eng yirik namoyish o'tmoqda. Namoyishga bu safar Isroilning eng yirik kasaba uyushmasi Gistadrut qo'shilgan: iqtisodning muhim bo'g'inlari - banklar, sog'liqni saqlash tizimi va aeroportlargacha ish tashlagan.

O'tgan hafta oxirida Isroil kuchlari garovdagi olti kishining o'ligini vatanga olib kelgani ortidan xalqning paymonasi to'lgan. Xabarlarga ko'ra, Isroil kuchlari tunnelga bostirib kirgan chog'ida XAMAS brigadasi garovdagilarni otib tashlagan. Qurbonlarning uch nafari navbatdagi sulh bitimida ozod etilishi rejalangan edi.

Namoyishchilar Isroil hukumatidan XAMAS bilan har qanday shartlar asosida sulh bitimini tuzishni, garovdagi qariyb yuz kishini ozod etishni talab qilmoqda. Garchi bu yuz kishining 30 nafarga yaqini allaqachon o'ldirilgani taxmin qilinmoqda.